Korxona yangiliklari

SOG‘LOM TURMUSH TARZI FAROVON HAYOT ASOSI

Blog Single

"Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi" DUK O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-sonli farmoni ijrosini taʼminlash va xodimlarni sportning ommaviy turlariga keng jalb etish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va jamoaning sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligi darajasini oshirish maqsadida korxonada sport targ‘ibotchisi taynlanib, xodimlarning ishdan bush vaqtlarida suzish xavzalar, mini futbol uyingohlar hamda trenajer zallarida o‘z salomatligini mustahkamlash bo‘yicha zaruriy sharoitlar yaratildi.

Shu bilan birga, xodimlar o‘rtasida muntazam ravishda turli-tuman sport musoboqalar o‘tkazib kelinmoqda, shuningdek aloqa korxonalar o‘rtasida tashkil etilayotgan musobaqalarda qatnashib kelinmoqda. Jumladan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Andijon viloyati hududiy boshqarmasi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan mini futbol turnirida Andijon RTUM jamoasi ham faol ishtirok etib, 3 tur natijalariga ko‘ra g‘alaba qozonib kelmoqda. Davom etayotgan musobaqada Andijon RTUM jamoasiga omad va zafarlar tilaymiz!

 

Ulashish:

O`xshash maqolalar: