Korxona yangiliklari

“RRTM” DUK rahbar-xodimlar maxsus o‘quv kursini tamomladi

Blog Single

«Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi» DUK rahbariyatning tashabussi bilan Toshkent viloyatidagi “Navbahor” sihatgohida 1-6 mart kunlari “RRTM” DUK hududiy radioteleuzatish markazi direktorlari uchun “Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni va ahamiyati, zamonaviy menejment, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash - taraqqiyot garovidir” mavzusidagi maxsus o‘quv kursi tashkil qilindi.

Joriy yil 5 mart kuni bir haftalik o‘quv mashg‘ulotlari yakuniga yetib, IT-Park shou-rumida sertifikat topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuxrat Sadikov ishtirok etdi.

Tadbir avvalida “RRTM” DUKning o‘tgan yilgi faoliyati va kelgusi vazifalari yuzasidan fikr almashinildi. AKT vaziri Shuxrat Sadikov o‘zini-o‘zi moliyalashtirish korxona ravnaqida muhim o‘rin tutishi haqida so‘z yuritib, sifatli xizmat ko‘rsatish eng asosiy talab ekanligi, bu borada rahbar-xodimlar tashabbuskor bo‘lishlarini alohida taʼkidladi.

Shu maqsadda ham korxonaning rahbar-xodimlari haftalik o‘quv davomida raqamli iqtisodiyot – rivojlanish trendlari va xususiyatlari, stressni boshqarish, rahbarda kasbiy stress profilaktikasi va uni yengish usullari, rahbar-kadrlar kreativ fikrlash ko‘nikmalarini oshirishning innovatsion usullari, rahbar faoliyatida uchraydigan xatolar va ularni bartaraf etish yo‘llari, self-menejment: shaxsiy samaradorlikni oshirish, maqsadga erishishda ichki resurslardan foydalanish, o‘zini-o‘zi rivojlantirish xaritalarni tuzish singari trening mashg‘ulotlarida qatnashishdi. Kurs tinglovchilarning o‘zlari eʼtirof etganidek, bu amaliy mashg‘ulotlar stress holatlarini yengish, jarayonni boshqarishda aqsotadi.

«Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi» DUK rahbar-xodimlari Toshkent shahridagi INHA universitetining IT-inkubatsiya markazi hamda IT-Park faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Tadbir yakunida ularga maxsus sertifikatlar topshirildi.

 

Ulashish:

O`xshash maqolalar: