Korxona yangiliklari

Rejali o'quv seminari

Blog Single

Sunggi yillarda mamlakatimizda davlat xizmati faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan keng kulamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan davlat boshqaruvi va xo‘jalik funksiyalarini birga qo‘shib olib borish amaliyotidan voz kechish, davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash hamda ijtimoiy taʼminlashning zamonaviy tizimini yaratish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

RRTM DUK ham o‘z navbatida kadrlar faoliyati samaradorligini yana-da oshirish, zamonaviy ish jarayoni tashkil etish maqsadida rahbar xodimlarning samaradorligini baholashning yangi mezoni joriy etildi va shu munosabat bilan joriy 5 aprel kuni videomuloqot shaklida yangi tizimni joriy etilishi va uning mazmun-mohiyati bo‘yicha o'quv seminari tashkil qilindi.

Shuningdek mazkur seminarda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va tadbirkorlik sub'ektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik to'siqlarni qisqartirish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Farmoni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kulolchilikni jadal rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida”gi Qarori hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Qarorlari muhokama qilindi.

 

Ulashish:

O`xshash maqolalar: