Korxona yangiliklari

RASMIY BAYONOT

Blog Single

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi veb-saytidagi “Shubhali” davlat korxonalar ro‘yxatida "Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi" davlat unitar korxonasi (“RRTM” DUK) o‘rin olganligi yuzasidan qo‘yidagilarni maʼlum qiladi.

“RRTM” DUK ushbu ro‘yxat eʼlon qilingan kundan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga yuzaga kelgan tushunmovchilik holat yuzasidan “RRTM” DUK O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari tug‘risida”gi Qonuniga asosan O‘zbekiston Respublikasi tovar hom-ashyo birjasi (uzex.uz) orqali belgilangan tartibga rioya qilgan holda tovar (ish, xizmat)lar bo‘yicha tuzilgan har bir bitimning qonuniyligi va haqiqiyligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga kontragentlarni o‘z shartnomaviy majburiyatlarini bajarganligi bo‘yicha tegishli maʼlumotlar taqdim etildi.

“RRTM” DUK ko‘p yillar davomida “insofli soliq to‘lovchi” sifatida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda va 2020 yil davomida jami 12,5 mlrd. so‘m miqdoridagi qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olgan holda davlat byudjetiga ushbu soliqni o‘z vaqtida va to‘liq to‘lab kelgan.

Bugungi kunda yuqoridagi holatga aniqlik kiritish maqsadida “RRTM” DUK tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan hamjihatlikda ishlar olib borilmoqda.

Ulashish:

O`xshash maqolalar: