Korxona yangiliklari

Vazirlik ishchi guruhi Samarqand radioteleuzatish markazi faoliyati bilan tanishdi

Blog Single

O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov rahbarligidagi Vazirlik ishchi guruh Samarqand viloyatida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Ishchi guruh dastlab «Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi» DUKning Samarqand radioteleuzatish markazi faoliyati bilan tanishdi. Markazning 90 nafardan ziyod xodimi Kattaqo‘rg‘on, Nurobod, Cho‘ponota, Taxtaqoracha, Jizzax, Qo‘ytosh RTS va tog‘li hududlardagi 81 ta kam quvvatli radioteleuzatish stansiyalariga xizmat ko‘rsatadi.

Markaz mutaxassislari Ishchi guruhga qilingan ishlar va kelgusi vazifalar to‘g‘risida taqdimot o‘tkazishdi. AKT vaziri Sh. Sodiqov markaz xodimlari bilan raqamli radioni rivojlantirish yuzasidan fikr almashdi, ularning iqtisodiy va ijtimoiy himoyasi qanday yo‘lga qo‘yilgani bilan  tanishib chiqdi.

Manba: Vazirlik Axborot xizmati

Ulashish:

O`xshash maqolalar: