Korxona yangiliklari

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda tizimdagi tashkilot xodimlarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

Blog Single

Bugun, 2021-yil 29-avgust kuni Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga yo‘naltirilgan fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashgan maktabda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi arafasida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi esdalik nishoni hamda Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi idoraviy mukofotlarini topshirilishiga va O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofotlarlari bilan taqdirlanganlarni tabriklashga bag'ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

 Ushbu tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.Sodiqov ishtirok etdi.

Taqdirlash marosimida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasining yuqori darajada yuksalishi hamda ravnaqi yo‘lida faoliyat yuritayotgan, sohaning rivojlanishiga o‘zlarining salmoqli hissalarini qo‘shib kelayotgan Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimida faoliyat yuritayotgan kompaniya va jamiyatlar, korxona va tashkilotlar, shuningdek, sohadagi xorijiy va xususiy korxonalari rahbar xodimlari va mutaxassislarining 11 nafari Prezidentimizning yuksak e‘tirofiga munosib ko‘rilib, davlat mukofotlari bilan, 544 nafari “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

Shu bilan birga, Vazirlik tomonidan mustaqilligimiz tantanasi arafasida sohamizda faoliyat yuritayotgan 63 nafar rahbar va xodim “Faxriy yorliq”, “Mohir aloqachi” faxriy unvoni, “O‘z kasbining ustasi” belgisi bilan taqdirlandi.

Mazkur tadbirda Vazirlikning hududiy boshqarmalari, viloyatdagi tizim tashkilot va korxona vakillari videokonferensaloqa orqali ishtirok etishdi.

Hozirgi tezkor rivojlanish davrida, qayerda zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari hayotga izchil tatbiq etilsa, o‘sha joyda o‘sish bo‘ladi. Bu sohaning turli faoliyatlarga joriy qilinishi iqtisodiy o‘sish va davlatning ilmiy-texnik rivojlanishida bosh omil vazifasini o‘taydi.

Manba: Vazirlik Axborot xizmati

Ulashish:

O`xshash maqolalar: