Korxona yangiliklari

Rejali profilaktika

Blog Single

O'zbekiston Respublikasi aholisiga televidenie dasturlarini uzluksiz va sifatli tarqatilishini ta'minlash maqsadida “RRTM” DUKning texnik vositalarini yillik rejalarda belgilangan muddatlarda o'chirib, profilaktika ishlarini amalga oshirish zarur.

Navbatdagi profilaktika ishlari joriy yilning 13-19 oktabr kunlari soat 01:00 dan 06:00 gacha vaqt oralig'ida o'tkaziladi.

13 oktabr kuni soat 01:00 dan 06:00 gacha (12 oktabrdan 13 oktabrga o'tar kechasi) raqamli teledasturlarni shakllantirish qurilmalarida va uzatkichlarda profilaktika o'tkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu vaqtda Toshkent shahrida va respublika bo'yicha xorijiy, nodavlat teledasturlarni tarqatuvchi teleuzatkichlarda profilaktika o'tkaziladi. Bu vaqtda O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasining teledasturlari uzluksizligi ta'minlanadi.

Shuningdek, Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlarda ham 13-19 oktabr kunlari soat 01:00 dan 06:00 gacha mahalliy, nodavlat va “Uzdigital TV” MChJning xorijiy telekanallarini uzatadigan raqamli teleuzatkichlarda jadval asosida profilaktika ishlari o'tkazilishi rejalashtirilgan.

To'xtalishlar kuzatilgan vaqtda abonent uskunasi (tyuner va televizor) sozlamalarini o'zgartirish tavsiya etilmaydi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz.

Ulashish:

O`xshash maqolalar: