Korxona yangiliklari

Rejali profilaktika

Blog Single

O'zbekiston Respublikasi aholisiga televidenie dasturlarini uzluksiz va sifatli tarqatilishini ta'minlash maqsadida “RRTM” DUKning texnik vositalarini yillik rejalarda belgilangan muddatlarda o'chirib, profilaktika ishlarini amalga oshirish zarur.

Navbatdagi profilaktika ishlari joriy yilning 12-16 aprel kunlari soat 01:00 dan 06:00 gacha vaqt oralig'ida o'tkaziladi.

12 aprel kuni soat 01:00 dan 06:00 gacha (11 apreldan 12 aprelga o'tar kechasi) raqamli teledasturlarni shakllantirish qurilmalarida va uzatkichlarda profilaktika o'tkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu vaqtda Toshkent shahrida va respublika bo'yicha raqamli teledasturlarni (O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasining teledasturlaridan tashqari) tarqatish vaqtincha to'xtatiladi. Bunda O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasining teledasturlarini tarqatish to'xtatilmaydi, lekin ayrim sifat pasayishi holatlari kuzatilishi mumkin.

Shuningdek, Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlarda ham 12-16 aprel kunlari soat 01:00 dan 06:00 gacha mahalliy, nodavlat va “Uzdigital TV” MChJning tijorat telekanallarini uzatadigan raqamli teleuzatkichlarda jadval asosida profilaktika ishlari o'tkazilishi rejalashtirilgan (jadval ilova qilinadi).

To'xtalishlar kuzatilgan vaqtda abonent uskunasi (tyuner va televizor) sozlamalarini o'zgartirish tavsiya etilmaydi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz.

 

Ulashish:

O`xshash maqolalar: