Korxona yangiliklari

“OBOD VA KURKAM MAXALLAM” UMUMXALK XAYRIYA XASHARI

Blog Single

Mamlakatimiz bo‘ylab keng quloch yoygan ushbu yirik aksiya “Navro‘z” umumxalq bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish, yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarida har bir insonning daxldorlik hissini shakllantirish, xalqimiz orasida milliy kadriyatlarimizga xos bo‘lgan o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yana-da kuchaytirish, beg‘araz yordam, mehr-muruvvat kabi ezgu fazilatlarni yuksaltirish, mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, respublikaning barcha hududlarida sanitariya holatini yaxshilash maqsadida tashkil etilgan.

“RRTM” DUK markaziy apparat va hududiy RTUM xodimlari ham o‘z navbatida 13 mart kuni “Obod va ko‘rkam mahallam” obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish umumxalq xayriya xasharida faol ishtirok etib, markaziy apparati xodimlari maʼmuriy bino va unga tutash bo‘lgan hududlarni, hududiy RTUM xodimlari esa o‘zlariga qarashli joylarni obodonlashtirish, tartibga keltirish, yo‘lak va ariqlar chiqindi va shox-shabbalardan tozalash, daraxtlarni oqlash va butash, shu bilan birga ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha ko‘chatlar, mevali va manzarali daraxtlar ekish ishlarini amalga oshirdilar.

 

Ulashish:

O`xshash maqolalar: