Korxona yangiliklari

NAVRO‘Z AYYOMI MUBORAK BO‘LSIN!

Blog Single

Navro‘zi olamni biz barcha sharq xalqlari qatorida azal-azaldan, ming yillar davomida eʼzozlanib kelayotgan, eng qadimiy va eng sevimli, haqiqiy umumxalq bayrami sifatida qadrlaymiz. Azaliy va abadiy bayram – Navro‘z el-ulus qalbida yaratish va bunyodkorlik hislarini o‘zida mujassam etgan, elimizning tabiati, ongu – tafakkuri va qalbiga, har bir oila va xonadoniga shodu - hurramlik olib kirishi bilan aziz va suyuklidir.

Sizlarni ulug‘ ayyom bilan muborakbod etib, Sizlarga, barcha yaqinlaringizga quvonch va shodlik, tinchlik-xotirjamlik, sihat-salomatlik, farovon hayot, Ona-Vatanimizning gullab yashnashi yo‘lidagi ezgu ishlaringizda ulkan zafarlar tilaymiz. Navro‘z sizga xursandchilik, quvonch, baxt - omad keltirsin. Yana bir bor Navro‘z bayramingiz muborak bo‘lsin aziz yurtdoshlar!

Ulashish:

O`xshash maqolalar: