Korxona yangiliklari

“Keksalar haftaligi” dasturi doirasida faxriylarga ehtirom ko‘rsatildi

Blog Single

Shu kunlarda respublikamiz bo‘ylab “Keksalarni eʼzozlash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish - xalqimizga xos ezgu fazilat” degan g‘oya ostida “Keksalar haftaligi” o‘tkazilmoqda. Haftalik doirasida turli xil tadbirlar, aksiyalar, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

“Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” DUK ushbu tadbirlar doirasida korxonada uzoq yillar ishlab nafaqaga chiqqan bir guruh nuroniy, yakka-yolg‘iz faxriylar xonadoniga tashrif buyurilib, ularning holidan xabar olindi va oziq-ovqat hamda kundalik ehtiyoj mahsulotlari topshirildi.

Shuningdek, nafaqaga chiqqan xodimlarning rahbar bilan ochiq muloqotlarini o‘tkazib, bir dasturxon atrofida davra suhbati tashkil qilindi va O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligiga Toshkent viloyati Qibray tumanida barpo etilgan “Yangi O‘zbekiston bog‘i”ga tashrif uyushtirildi.

 

 

Ulashish:

O`xshash maqolalar: