Korxona yangiliklari

“Qadring baland bo‘lsin, Ona tilim!” mavzuida davra suhbati o‘tkazildi

Blog Single

21 oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 32 yil to‘lganligi hamda “O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan,  Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi o‘qituvchilari bilan hamkorlikda “Qadring baland bo‘lsin, Ona tilim!” mavzuida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda “RRTM” DUK markaziy apparati bo‘limlari xodimlari bevosita, shuningdek, hududiy radioteleuzatish markazi rahbar va xodimlari videokonferensaloqa ko‘rinishida ishtirok etishdi.

Davra suhbati avvalida “RRTM” DUK texnik direktori M.Turgunov tadbir ishtirokchilarni 21-oktabr "O‘zbek tili bayrami kuni" bilan tabriklab, “RRTM” DUKda davlat tilini rivojlantirish yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar, xususan, ish yuritish tizimi to‘liq davlat tilida yo‘lga qo‘yilganligi, korxona xodimlari muntazam ravishda davlat tilini bilish darajasi bo‘yicha sertifikatlarni olish bo‘yicha test sinovlarida ishtirok etib kelayotganligi, shuningdek, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi hamda uning hududlardagi filiallariga doimiy ravishda o‘qish uchun yuborilayotganligi to‘g‘risida maʼlumotlar berdi.

O‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi o‘qituvchilari Q.Abdurasulov va G.Isaboyevalar o‘zbek tili to‘g‘risida tarixiy maʼlumotlarini bayon etib, oxirgi besh yilda o‘zbek tilini davlat tili sifatida maqomi mustahkamlash borasida olib borilgan ishlar to‘g‘risida batafsil maʼlumotlar berib o‘tdilar.

Shuningdek, tadbir davomida xodimlarning qiziqtirgan savollariga javob berdilar va shu kabi tadbirlar faqat bayram kuni emas balki yil davomida boshqa vaqtlarda ham o‘tkazilishi kelishib olindi.

Darhaqiqat, "tilga eʼtibor - elga eʼtibor" demakdir, zotan o‘zbek тили bizning milliy qadriyatimiz ва merosimizdir ва xalqimizni ma‘naviy boyligidir.

Ulashish:

O`xshash maqolalar: