Korxona yangiliklari

Hududiy radioteleuzatish markazlariga maxsus avtomashinalar topshirildi

Blog Single

Joriy yilning 28 aprel kuni Toshkent teleminorasida «Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi» DUK tomonidan hududiy bo‘linmalarga maxsus avtomashinalar topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuxrat Sadikov va “RRTM” DUK mutasaddi rahbarlari, hududiy markazlar vakillari ishtirok etdi.

«Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi» DUK Markaziy Osiyoda teleradioeshittirish tizimining eng katta tarmog‘iga ega – uning tarkibida 126 ta antenna-matcha inshootlari bor. Shundan 28 tasi 100 metrdan baland. Toshkent teleminorasining balandligi 375 metr bo‘lsa, Uchqizil 350 metr, Guliston, Navoiy, Qo‘ng‘irot, Taxtako‘pir minoralari 250 metr balandlikka ega. Markazning asosiy faoliyat turi teleradiodasturlarni isteʼmolchilarga yetkazish hisoblanadi. Bu jarayonda respublikamiz mintaqalarida joylashgan radioteleuzatish markazlarining o‘rni alohida. Teleminoralar cho‘l, tog‘li hududlarda, turli balandlikda joylashgan. Bu yerda xizmat qiladiganlar tabiat injiqliklari bilan olishib ishlashga, 10-15 kunlab oiladan uzoqda mehnat qilishlariga to‘g‘ri keladi. Albatta, “RRTM” DUK ularga qulay mehnat va dam olish sharoitlari yaratib bermoqda.

Marosimda bu haqda AKT vaziri Shuxrat Sadikov ham to‘xtalib, mana bugun mehnatlaringizni yana-da osonlashtirish maqsadida sizlarga tog‘li va yetib borish qiyin bo‘lgan hududlarga mo‘ljallangan yo‘ltanlamas maxsus avtotransport vositalari topshirilmoqda, bu texnika mushkullariningizni yengillashtirishiga, xizmat sifatini oshirishga xizmat qilishini qayd etib o‘tdilar.

 

 

 

Ulashish:

O`xshash maqolalar: