Korxona yangiliklari

Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan marosim

Blog Single

2021 yil 5 mart kuni “Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” davlat unitar korxonasi majlislar zalida korxona markaziy apparati xotin-qizlarini “8 mart - Xalqaro xotin-qizlar bayrami” bilan tabriklash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimni ochib bergan “RRTM” DUK Bosh direktori M.Sabirov korxona faoliyatida va jamiyat taraqqiyotida aziz va moʻtabar ayollarning, go‘zal va lobar qizlarning munosib hissa qo‘shib kelayotganligini qayd etib, ular timsolida korxonaning barcha xotin-qizlarni 8 mart – Go‘zallik va nafosat bayrami bilan samimiy muborakbod etdilar.

Shuningdek, marosimda “RRTM” DUK Bosh direktori o‘rinbosarlari, kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi va boshqalar ham o‘zlarining samimiy tabriklarini yo‘lladilar.

Marosim davomida barcha xotin-qizlarga gul, esdalik sovg‘alar bilan birga bayram arafasida maroqli dam olishlari uchun teatrga chiptalar topshirildi.

Marosim yakunida esa xotin-qizlar bayram dasturxoniga taklif etildi.

 

 

 

 

Ulashish:

O`xshash maqolalar: