Korxona yangiliklari

Rejali profilaktika ishlari olib boriladi

Blog Single

O'zbekiston Respublikasi aholisiga televidenie dasturlarini uzluksiz va sifatli tarqatilishini ta'minlash maqsadida “RRTM” DUKning texnik vositalarini yillik rejalarda belgilangan muddatlarda o'chirib, profilaktika ishlarini amalga oshirish zarur.

Navbatdagi profilaktika ishlari joriy yilning 1-25 may kunlari soat 01:00 dan 06:00 gacha vaqt oralig'ida ish jadvaliga muvofiq o'tkaziladi. 

Ushbu vaqtda respublika boʻyicha davlat, nodavlat va mahalliy telekanallari hamda Toshkent shahrida 4K formatda efirga tarqatilayotgan "LUX TV" telekanalini tarqatish vaqtincha toʻxtatiladi.

To'xtalishlar kuzatilgan vaqtda abonent uskunasi (tyuner va televizor) sozlamalarini o'zgartirish tavsiya etilmaydi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz.

Ulashish:

O`xshash maqolalar: