Korxona yangiliklari

AKT vaziri Shuhrat Sadikov Navoiy radioteleuzatish markazi bilan yaqindan tanishdi

Blog Single

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuxrat Sadikov Navoiy viloyati xizmat safari doirasida, “Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” DUK Navoiy radioteleuzatish markazi bilan yaqindan tanishdi.

Navoiy viloyati mamlakatimizdagi eng katta hududlardan biri hisoblanib, Navoiy radiotelevizion uzatish markaziga qarashli Langar radio teleuzatish stansiyasi (RTS) Nurota tog‘ tizmasining dengiz sathidan ikki ming metr balandikdagi cho‘qqisida qurilgan. Langar RTS baland tog‘ cho‘qqisida joylashganligi sababli nafaqat Navoiy viloyat aholisini, balki Samarqand va Buxoro viloyatlari aholisining ham bir qismini raqamli teledasturlar bilan taʼminlaydi.

2012-2017 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat qarorlari asosida “O‘zbekiston Respublikasi yer usti raqamli televideniye tarmog‘ini rivojlantirish” investitsiya loyihasi asosida Langar RTSda Yaponiyaning NEC va Germaniyaning “Rohde-Schwarz” firmasida ishlab chiqarilgan raqamli teleuzatgichlar kompleksi o‘rnatilishi natijasida viloyat aholisini raqamli teledasturlar bilan taʼminlanishi 100% ga yetkazildi. Bugungi kunda, Langar RTSdan 22 ta SD formatda va 3 ta HD formatda raqamli teledasturlar hamda 3 ta FM diapazonda ishlovchi radiodasturlar tarqatilmoqda.

AKT vaziri Sh. Sadikov tashabbusi bilan ko‘p yillardan buyon Langar RTSdagi avtotransport muammosi ijobiy hal qilindi, yaʼni murakkab tog‘ yo‘liga ega bo‘lgan yo‘lda yurishga muljallangan maʼnan eskirgan 1961 yildan ishlab chiqilgan ATL avtotransport o‘rniga Rossiyada ishlab chiqarilgan “YENESEY” STM-1993055 rusumli maxsus ishlab-chiqarish texnologik transport vositasi xarid qilingan edi. Ushbu tashrif doirasida Sh. Sadikov Langar RTSda ishchi xizmatchi xodimlarga ushbu maxsus transport vositasi foydalanishga topshirildi.

O‘z navbatida mazkur maxsus avtotransport vositasi murakkab tog‘ yo‘lida texnik qurilmalarni uzluksiz va barqaror ishlashi, ishchi xodimlarni obyektga kelib-ketishiga, obyekt faoliyati uchun zarur bo‘ladigan qurilma va yoqilg‘i-moylash mahsulotlarini tashish xizmatlarini amalga oshirishda unumli xizmat qilishi shubhasizdir.

Shuningdek, tashrifi davomida Sh. Sadikov RTSning yosh xodimlari bilan suhbatlashib, RTSda o‘rnatilgan yangi zamonaviy raqamli teleuzatkichlarni ko‘zdan kechirdi va 2021 yilda Langar RTS hududida olib borilgan obodonlashtirish va texnik xodimlarga qulay shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilgan qurilish-taʼmirlash ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Shundan so‘ng Navoiy RTUMda amalga oshirilgan ishlar taqdimoti davomida Vazir Sh. Sadikov tomonidan kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Ulashish:

O`xshash maqolalar: