Korxona yangiliklari

“Aqlvoy” bolalar telekanali efirga uzatildi

Blog Single

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 27 avgustdagi “Ixtisoslashgan bolalar ko‘ngilochar-maʼrifiy telekanalini tashkil etish to‘g‘risida”gi 518-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining tegishli buyrug‘i ijrosini taʼminlash maqsadida “RRTM” DUK tomonidan rejalashtirilgan texnik tadbirlar amalga oshirilib, 2021 yil 22 martdan boshlab “Aqlvoy” telekanali respublika hududida o‘rnatilgan yuqori quvvatli teleuzatgichlar orqali raqamli teleeshittirish efirida uzatilishi taʼminlandi.

 “Aqlvoy” telekanali - ixtisoslashgan bolalar ko‘ngilochar-maʼrifiy telekanal bo‘lib, bolalarning yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda taʼlim beruvchi, rivojlantiruvchi va o‘yin elementlarini mujassam etgan teleko‘rsatuvlar va multimedia kontentlarini o‘z ichiga oladi.

“Aqlvoy” telekanalini ko‘rish uchun televizor yoki tyuner qurilmalarning qayta sozlashini amalga oshirilishi talab etiladi.

Ulashish:

O`xshash maqolalar: