Korxona yangiliklari

9 aprel – Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun

Blog Single

Har safar “Kuch – adolatda” degan da’vat so‘z yangraganda erta tongda quyosh yarq etib chiqqandagidek butun vujudimiz qaytadan uyg‘onadi. Bu yoqimli his-tuyg‘u uzoq vaqt ongu shuurimizda saqlanib turadi. Qonunlar ustuvorligiga ishora qiladi. Ba’zida so‘na boshlagan qalb cho‘g‘lariga ham alanga beradi...

Bosqinchilik, xunrezliklar haddan tashqari avj olgan, inson haq-huquqlari poymol bo‘lib yotgan o‘sha zamon uchun Amir Temurning “Kuch – adolatda” shiori bilan kirib kelishi va o‘z saltanatida adolat vaziri lavozimini ta’sis etishi inson qadr-qimmatiga bo‘lgan e’tiborning yuqori pog‘onaga ko‘tarilishiga asos solgan. Uning “Har mamlakatda adolat eshigini ochdim, zulmu sitam yo‘lini to‘sdim”, degan vasiyatlari nafaqat o‘sha zamon hamjamiyati uchun, balki bugungi kun va kelajak avlod uchun ham ibratlidir.

Konstitutsiya tushunchasi aslida Amir Temurning tuzuklaridan boshlanib, Yevropaga ilk bor Fransiyada Deklaratsiya so‘zi bilan kirib borgan. Va keyinchalik Konstitutsiya so‘ziga aylanib, jahon amaliyotiga kirgan.

Bu fikrimizning naqadar haqiqatga yaqinligini rus olimi Dmitriy Logofetning quyidagi fikrlaridan ham bilish mumkin: “Ovro‘po konstitutsiya haqida tushunchaga ham ega bo‘lmagan bir davrda ana shu Sohibqironning davlatida konstitutsion qonunlar majmuasi – Tuzuk mavjud va amalda bo‘lgan”.

Darhaqiqat, Sohibqiron Amir Temur bobomizning “Qayerda qonun hukmronlik qilsa, o‘sha yerda adolat va haqiqat bo‘ladi” degan o‘giti sharqona huquqiy davlat qurishning eng muhim sharti va asosi bo‘lib xizmat qiladi. Zero, qonun ustuvor bo‘lgan, adolat va haqiqat qaror topgan jamiyat mudom yuksaklikka bo‘y cho‘zaveradi.

Ulashish:

O`xshash maqolalar: