Toshkent teleminorasiga (H=375m) tashrif buyuring. (foto, video)

Toshkent shaxrining eng baland inshooti bo‘lmish Toshkent teleminorasi 1985-yilning 15-yanvarida foydalanishga topshirilgan. Ushbu minoraning 100 metr balandligida Tomosha maydonchasi, 105 va 110 metr balandligida “Koinot” restoranining 2 ta, ya’ni “Moviy” hamda “Alvon” zallari joylashgan.

Balandligi 375 metr bo‘lgan Toshkent teleminorasining tomosha maydonchasi va restoraniga tashrif buyurish uchun shaxsni tasdiqlovchi xujjatni taqdim etgan holda belgilangan talabnomani rasmiylashtirish xamda kirish chiptasini xarid qilish zarur.

Toshkent teleminorasining tomosha maydonchasiga va «Koinot» restoraniga kirish tariflari

Dunyoning buyuk minoralarida mavjud bo‘lgani kabi Toshkent teleminorasining kuzatuv maydonchasi va restoraniga Germaniyaning “Tyssen Krupp” firmasida ishlab chiqarilgan tezligi 1 soniyada 4 metrni tashkil qiluvchi uchta liftlar orqali chiqiladi.

Xozirgi kunda teleminoraga tashrif buyuruvchilarga “Koinot” restoraning“Moviy” zalixizmat ko‘rsatmoqda. Restoraning o‘ziga xos jixati shundaki, uning platformali yeri minora atrofida aylanadi. 45 daqiqa ichida restoran o‘z o‘qi atrofida to‘liq aylanadi va tashrif buyuruvchilar shaxarning ajoyib manzarasidan zavqlanishi mumkin. Restoranda milliy va yevropa taomlarihamda turli xildagi ichmliklar tortiladi. Barcha issiq ovqatlar, texnik xavfsizlik nuqtai-nazaridan,teleminoraning eng quyi qismida joylashgan oshxonada tayyorlanadi va maxsus lift orqali restoran zaliga yetkazib beriladi.

Ayni paytda “Koinot” restoraning ikkta zallaridan biri ya’ni “Alvon” zali Rekonstruksiya kilinmoqda.

Restoran va ekskursiya uchun yakka va gurux buyurtmalari 235-06-85, 235-80-34 va 235-85-34 telefonlari buyicha qabul qilinadi

Restoranning ish vaqti soat 10:00 dan 23:00 gacha (restoranga kirish 20:00 gacha).

Dam olish kuni — dushanba

Biz sizning tashrifingizdan doimo mamnunmiz!