«RRTM» DUKda ISO 9001:2015 xalqaro standartini joriy etish bo‘yicha seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.

Korxona tomonidan taqdim etib kelinayotgan xizmatlar sifatini doimiy ravishda oshirish, aholining televideniye dastularini uzatib berish bo‘yicha talablarini to‘laqonli qondirish hamda xalqaro me’yorlar va standartlarga muvofiq, korxonaning amaldagi boshqaruv tizimini takomillashtirish bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etishini inobatga holda ushbu maqsadlarni amalga oshirish maqsadida, joriy yilda korxonada ISO 9001:2015 xalqaro standartini joriy etish rejalashtirilgan.

Shu maqsadda 2017 yilning 7 avgust kuni «RRTM» DUK bosh binosida yangi tahrirdagi ISO 9001:2015 xalqaro sifat boshqaruv tizimlarini joriy etish mavzusida seminar mashg‘uloti o‘tkazildi. Seminar mashg‘uloti «Alfakon Systems» konsalting kompaniyasidan tashrif buyurgan mutaxasislar tomonidan olib borildi.

Mazkur standart tan olingan va ma’qullangan sifat menejmenti tizimlariga bo‘lgan talablarni belgilab beradi. ISO 9001:2015 sertifikati doimiy ravishda yuqori sifatini ta’minlash hamda ishlab chiqarishning barcha jarayonlarida turli xil xatarlarni kamaytirish va baholash, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga imkoniyat beradi.

Uchrashuv jarayonida standartning yangi taxririni joriy etishda asosiy e’tibor qaratiladigan omillarga to’xtalib o’tildi.
Seminar ishtirokchilari ISO 9001:2015 xalqaro standarti, undagi qo‘yilgan xalqaro talablar, uning korxona faoliyatiga joriy etishning ahamiyati to‘g‘risida xabardor bo‘ldilar.