“RRTM” DUK mutaxassislari Moskva shaxrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro Buyuk Minoralar Federatsiyasining 30-chi konferensiyasida ishtirok etib qaytishdi.

Joriy yilning 19-24 sentyabr kunlari Moskva shaxrida Xalqaro Buyuk Minoralar Federatsiyasining (XBMF) 30-chi konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Shu yili Moskva shahridagi Ostankino minorasiga 50 yil to‘ldi, va shu munosabat bilan XBMF tomonidan navbatdagi xamda yubiley konferensiyasini Moskva shaxrida o‘tkazishga qaror qilingan.

Xalqaro Buyuk Minoralar Federatsiyasi 1989 yil tashkil etilgan bo’lib, Toshkent teleminorasi 1991 yilda ushbu Federatsiyaga a’zo bo‘lgan. Bugungi kunda 22 davlatdan 54 baland inshootlar Federatsiya tarkibiga kiritilgan. Federatsiyaning maqsadi – xamkorlik, minoralarni boshqarish va ekspluatatsiya qilish savollari bo‘yicha g‘oyalar va ma’lumotlar bilan tajriba almashishdan iborat.

Federatsiyaning ushbu konferensiyasida Toshkent teleminorasi (O‘zbekiston), Eyfel minorasi (Fransiya), Empire State Building (AQSh), bugungi kunda dunyodagi eng baland bino (BAA), CN Tower (Kanada) va boshqalar qatnashdilar. Ushbu konferensiyaga dunyoning 21 davlatidan 46ta delegat tashrif buyurdi.
Konferensiyani Xalqaro Buyuk Minoralar Federatsiyasi ijrochi direktori Daniel Tomas kirish so‘zi bilan ochib berdi va tadbirga tashrif buyurgan qatnashchilarni qutladi.
Shuningdek, yig‘ilishda “Rossiya televizion va radioeshittirish tarmog‘i” Bosh direktori Andrey Romanchenko va “RTRT”ning “Moskva mitaqaviy markazi” filiali direktori Dmitriy Nazarovlar so‘zga chiqdilar.
Konferensiyada Toshkent teleminorasidan vakil sifatida Toshkent Radioteleuzatish markazi Direktori Xamidulla Xolmuxamedov ishtirok etdi. X. Xolmuxamedov o‘z chiqishida bir qator takliflarni, jumladan o‘zaro xamkorlik, minoralar turizmini rivojlantirish va ushbu soxada zamonaviy muammolarni xisobga olgan xolda zamonaviy informatsion texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha o‘z fikr va mulohazalarini yig‘ilganlarga bildirib o‘tdi. Toshkent teleminorasi vakili tomonidan bildirilgan ba’zi g‘oya va takliflar delegatlar orasida muxokamaga sabab bo‘ldi.


Konferensiyaning ish jarayonida ishtirokchilar baland inshoatlarda yangi texnologiyalardan foydalanish, raqamli tendensiyalarni turizm sohasiga ta’siri va xavfsizlikni ta’minlashga bog‘liq savollarni muxokama qilishdi. Bundan tashqari, sayyohlik oqimlarini oshirish, xususan, ob-xavo o‘zgargan va tomosha maydonidan ko‘rish yomonlashgan vaqtida ham tashrif buyuruvchilar sonini oshirish bo‘yicha masalalar muxokama qilindi.
Biznes uchrashuvlar davomida Xalqaro Buyuk Minoralar Federatsiyasini yangi ijroiy direktori etib Berlin minorasi (Germaniya) raxbari Kristina Au tayinlangan. Konferensiyaning rasmiy yopilish marosimi 23 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan. An’anaga muvofiq yopilish marosimida Xalqaro Buyuk Minoralar Federatsiya faoliyatiga alohida hissa qo‘shgan uchta federatsiya a’zolariga, ya’ni Toshkent teleminorasi (O‘zbekiston), Empire State Building (AQSh), Kanton minorasi Guandjou (Xitoy) faxriy belgilar topshirildi.


Konferensiya so‘ngida Xalqaro Buyuk Minoralar Federatsiyasining keyingi konferensiyasini tashkillashtirish uchun Meksika davlati tanlangan.