Respublikaning olis, borish qiyin bo’lgan tog’li aholi punktlarida yangi raqamli teleuzatkichlar ishga tushirilmoqda

“Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi yer usti raqamli televideniye tarmog‘ini rivojlantirish” investitsion loyihasini amalga oshirish doirasida Ruspublikada DVB-T2 standartidagi raqamli teleuzatkichlarni o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. Yangi raqamli teleuzatkichlarni o‘rnatib, ishga tushirish natijasida bugunga kelib, aholini raqamli telesignallar bilan qamrovi 96% dan oshdi. Joriy yilning yakuniga qadar Respublika aholisini to‘liq raqamli teledasturlar bilan ta’minlash rejalashtirilgan. Hozirgi kunda mamlakatimizning olis, borish qiyin bo‘lgan va tog‘li aholi yashash manzillariga raqamli teleuzatkichlarni o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. Ushbu hududlarga teledasturlar yer sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimlaridan foydalangan holda uzatib beriladi. Bu bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Respublikaning tog‘li va borish qiyin bo‘lgan aholi yashash maskanlarini o‘rganish natijasida, yuqori quvvatli radiotelevizion stansiyalardan uzatilayotgan raqamli signallarni qabul qilib aholiga uzatib berish imkoni mavjud bo‘lgan hududlar aniqlanib, ushbu punktlarga kam quvvatli raqamli teleuzatkichlar o‘rnatilib ishga tushirilmoqda. Jumladan, 2017 yilning iyun oyida Andijon viloyatiningSultonobod, Samarqand viloyatining Yaxobsoy va Tersak, Qashqadaryo viloyatining Kattaqishloq tog‘li aholi punktlariga kam quvvatli raqamli teleuzatkichlar o‘rnatilib, hududlar aholisiga ochiq to‘plam tarkibidagi davlat teleradiodasturlarini raqamli formatda uzatib berish yo‘lga qo‘yildi. 2017 yilning boshidan jami 41 ta ana shunday aholi punktlariga kam quvvatli raqamli teleuzatkichlar o’rnatilib ishga tushirilgan.

Mavzuga oid yangiliklar:

Joriy yilning may oyida tog’li aholi punktlarida yangi raqamli teleuzatkichlar ishga tushirildi 07.06.2017 y.
 Жорий йилнинг март-апрель ойларида янги рақамли телеузаткичлар ишга туширилди 17.04.2017
Республика аҳолиси қачон рақамли телевидение билан тўлиқ қамраб олинади? 14.04.2017
Рақамли ТВнинг DVB-T2 стандартидаги теледастурларни қандай кўриш мумкин? 14.04.2017