O’zbekiston milliy teleradiodasturlarini yer sun’iy yo’ldoshi aloqa tizimi orqali uzatish yo’lga qo’yildi.

Ma’lumki hozirgi kunda Davlatimiz rahbari va hukumatimiz tomonidan qabul qilingan  qarorlar asosida “O‘zbekiston Respublikasi yer usti raqamli televideniye tarmog‘ini rivojlantirish” loyihasiga muvofiq, respublikada raqamli televideniyeni joriy qilish ishlari amalga oshirilmoqda.

Ushbu investitsion loyihalar asosida bugungi kunda respublikaning olis, borish qiyin bo‘lgan va tog‘li aholi yashash manzillariga DVB-T2 standartidagi raqamli teleuzatkichlarni o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. Ushbu hududlarga teledasturlar yer sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimlaridan foydalangan holda uzatib beriladi.

Joriy yilning iyul-avgust oylarida yer sun’iy yo’ldoshi aloqa tizimiga raqamli teledasturlarini uzatish-qabul qilish stansiyasini montaj va sozlash  ishlari olib borildi va avgust oyida mamlakatimiz mustaqilligining 26 yillik bayrami arafasida yer sun’iy yo’ldosh aloqa tarmog’i Yer stansiyasi komleksi ishga tushirildi.

Hozirda yer sun’iy yo’ldosh aloqa tarmog’i orqali O’zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining ijtimoiy to’plam tarkibidagi 12 ta teledasturlari:

«O'zbekiston» telekanali , «Yoshlar» telekanali«Toshkent» telekanali«Sport» telekanali«Mahalla» telekanali,

 

«Madaniyat va Ma'rifat» telekanali,  «Bolajon» telekanali«Dunyo bo'ylab» telekanali«Kinoteatr» telekanali«Oilaviy» telekanali,

«Navo» telekanali

va 4 ta radiodasturlari:

«O'zbekiston» radiokanali«Yoshlar» radiokanali,  «Mahalla» radiokanali

ochiq formatda uzatilmoqda.

Ijtimoiy to’plam tarkibidagi tele va radiodasturlarni sun’iy yo’ldosh aloqa tizimi orqali qabul qilish texnik parametrlari quyidagicha:

Sputnik nomi — NSS 12;

Orbital joylashuvi — 57˚ sharqiy uzunlik;

Transponder nomi — CAH7;

Qabul qilish chastotasi — 11 587 MGs;

Oqim tezligi — 16 53250 Mbit/s;

Polyarizatsiya — gorizantal;

Modulyatsiya — 8PSK;

FEC — 3/4.