Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish

RRTM DUK radiotelevizion uskunalar parkini modernizasiya qilishda zarur bo‘ladigan loyiha-smeta xujjatlarini sifatli ishlab chiqishni ta’minlash maqsadida 1998 yilning aprel oyida «Aloqa RTV» ShK tashkil etildi.

«Aloqa RTV» ShK quyidagi faoliyat turlarini amalga oshiradi:

  1. Teleradio uzatkichlar tarqatish tarmog’ini qurish va loyihalashtirish;
  2. Radiotelevizion moslamalarni o‘rnatishda tugallangan qurilish, montaj va sozlashishlarini bajarish;
  3. Radiotelevizion moslamalar, binolar va qurilmalarni umumiy ta‘mirlash va qayta qurish;
  4. Asosiy faoliyat doirasidagi izlanishlar;
  5. Ishlab chiqarishda yangi texnologiyalarni tadbiq qilish;
  6. Radiotelevizion moslamalarni o‘rnatishda qurilish va montaj ishlari ketma-ketligini ta’minlash;
  7. Kabel televidenie tarmog’ini loyihalashtirish, qurish va montaj qilish.

«Aloqa RTV» ShK o‘z faoliyati davomida yirik obyektlar loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va tadbiq etishda katta tajriba orttirdi. Shu hisobda quyidagi loyihalarni ta’kidlab o‘tish mumkin:

  • Toshkent teleminorasida radiotelevizion moslamalar kompleksini modernizatsiya qilish;
  • O‘zbekiston Respublikasidagi RTSlarda JBIC krediti bo‘yicha television moslamalarni qaytaqurish va loyihalashtirish;
  • «Azimut» obyektida yerusti aloqa uzatuvchi kosmik sistemasini qurish va montaj qilish;
  • «O‘zbekiston Respublikasida yerusti raqamli eshittirish tarmog’ini rivojlantirish» loyihasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi viloyatlarida DVB-T va DVB-T2 standartdagi raqamli television uzatkichlarni loyihalashtirish, qurish va montaj qilish.

“Aloqa RTV” ShK o‘z faoliyati turlarida qayd etilgan barcha ishlarni bajarish bo‘yicha manfaatga ega tashkilotlarni o‘zaro manfaatdor hamkorlikka taklif etadi.

Bog’lanish uchun: Direktor – Qayumov Asror Rahmatovich

Telefon: 235-94-29; 767- 67-03