Ko’p beriladigan savollar

Raqamli televideniye haqida tushuncha
Bugungi kunda zamonaviy televideniya raqamli televideniya deb ataladi. Hozirgi zamon raqamli televideniyaning imkoniyatlari juda keng. Unda radio to‘lqinli spektorni samarali qo‘llash va ko‘p dasturli televizion ko‘rsatuvlarni uzatish, interaktiv xizmatlarni joriy etib, yuqori aniqlikdagi televizion videotasvirlarni uzatish imkoniyatlari mavjud.

 

Raqamli televideniyening analog televideniyedan qanday farqi bor va qanday afzalliklarga ega?
Raqamli televideniyening analogli televideniyedan farqi, avvalo bu tasvir sifatida ko‘zga yaqqol tashlanadi. Chunki tasvirni uzatish hamda qabul qilish jarayonida raqamli qayta ishlanishi yanada yuqori sifatga erishish imkonini beradi.

 

 

Analog formatdagi teledasturlar efiri yana qancha muddat namoyish etiladi?
Respublikada raqamli televideniyening joriy etilishi munosabati bilan, analog formatdagi teleuzatkichlar bosqichma-bosqich o‘chiriladi.

 

 

 

Respublikada raqamli televideniyega qachon to‘liq o‘tiladi?
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan 2012 yil 17 aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida raqamli televideniyega texnik va texnologik o‘tishga doir Davlat dasturi to‘g‘risida”gi Qarorida sohadagi me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish, raqamli televideniyega ikki bosqichda o‘tish ko‘zda tutilgan.
 

 

DVB-T va DVB-T2 standartlari haqida tushuncha
So‘nggi vaqtlarda DVB-T va DVB-T2 standarti degan so‘zlar tez-tez gapirilmoqda va foydalanilmoqda. DVB-T bu, DVB — inglizcha Digital Video Broadcasting (raqamli video uzatish), T/T2- inglizcha Terrestrial (yer usti) ya’ni raqamli televideniye dasturlarini efir orqali uzatish standarti demakdir.

 

 

Yangi efirga uzatilayotgan telekanallar qaysi standartda ko‘rsatiladi? Teletomoshabinlarga bu borada maslahatlar
“O‘zbekiston Respublikasi yer usti raqamli televideniye tarmog‘ini rivojlantirish” investitsiya loyihasi asosida respublikamizda DVB-T2 standartidagi raqamli teleuzatkichlar o‘rnatilmoqda.DVB-T standartidagi raqamli signallarni qabul qilishga moslashtirilgan televizor va tyuner qurilmalari DVB-T2 standartida uzatilayotgan teledasturlarni qabul qila olmaydi.
 
Respublikada to‘liq DVB-T2 standartiga o‘tiladimi?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 17 apreldagi PQ-1741-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida raqamli televideniyega texnik va texnologik o‘tish

 

Respublikaning borish qiyin bo‘lgan, tog‘li aholi punktlariga qachon raqamli televideniye dastularini uzatib berish yo‘lga qo‘yiladi?
“O‘zbekiston Respublikasi yer usti raqamli televideniye tarmog‘ini rivojlantirish” investitsiya loyihasining II bosqichiga muvofiq,
 
Efirga uzatilayotgan telekanallar sonini oshirish masalasi
“Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” DUK hozirgi kunda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (MTRK), nodavlat telestudiyalar hamda “Uzdigital TV” MChJ buyurtmalariga muvofiq shartnoma asosida Respublika hududlariga tele va radio dasturlarni efirga uzatish faoliyatini amalga oshiradi.